Jahon

Eron Trampning tahdidlariga javob berdi

Eron Trampning tahdidlariga javob berdi

“Butun Eron bo‘ylab raketalar uchirish moslamalariga yuklangan va AQSH tomonidan eskalatsiya kuchaygan taqdirda —uchirishga tayyor”, deb yozmoqda Eronning Tehran Times gazetasi.

Avvalroq Tramp agar Eron AQSH bilan yangi yadroviy kelishuvga rozi bo‘lmasa, “ular hech qachon ko‘rmagan” bombardirovkalar bilan tahdid qilgan edi.

Dastlab Tramp Eronga yangi yadroviy kelishuvga erishish uchun ikki oy muhlat bergan edi. Lekin Eron prezidenti AQSH bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishni rad etib, muzokaralar faqat uchinchi tomonlar ishtirokida bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.