Jamiyat

Tashabbusli byudjetda gʻolib boʻla olmagan 33 loyihaga qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi

Tashabbusli byudjetda gʻolib boʻla olmagan 33 loyihaga qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi

“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘la olmagan 33 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 7,5 milliard so‘m ajratilib, 33 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.

G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.