Jamiyat

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 mlrd yevro ajratadi

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 mlrd yevro ajratadi

Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Koshta Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Bu haqda u matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalarni yanada kengaytirishga intilmoqda. Koshta bu borada YeI tomonidan katta mablag‘ ajratilishini qayd etdi:

“Biz Global Gateway tashabbusi doirasida mintaqa uchun 12 milliard yevrodan ortiq mablag‘ yo‘naltiryapmiz”, – dedi Koshta.