Yaqinda Jinoyat prosessual kodeksga bir qator qo`shimchalar kiritilib, “Elektron ma’lumotlar” va “Raqamli dalillar” tushunchasi oydinlashtirilgan ikkita modda qo`shildi.
Kodeksda elektron ma’lumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlar sifatida ko`rsatilgan.
Ish uchun ahamiyatga ega bo`lgan holatlar to`g`risidagi ma’lumotlar mavjud bo`lgan elektron ma’lumotlar, shu jumladan, elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmog`ida saqlanayotgan ma’lumotlar, shuningdek, boshqa elektron ma’lumotlar raqamli dalillardir.
Ahamiyatlisi, yangi 204-1-moddaga ko`ra, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taqdim etilgan elektron ma’lumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi hamda elektron ma’lumotlar mavjud bo`lgan birlamchi elektron jismlarni ko`zdan kechiradi.
Bu degani, sizning telefon, planshet, noutbuk, kompyuter kabi qurilmalaringizni maxsus xodimlar ko`zdan kechirmoqchi bo`lishsa mutaxassisni chaqirib, kamida ikkita xolis guvoh ishtirokida ko`zdan kechiradi. O`z bilganicha ko`zdan kechirish mumkinmas.
Olib qo`yishda ham shu tartibga amal qilinadi.
Bu ko`zdan kechirish baxonasida tashqaridan telefon va boshqa qurilmalarga ta’qiqlangan material tashlab, so`ng soxta ayblovlar uyushtirilishining oldini oladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!