Germaniya AQSHdan 1200 tonna oltinini qaytarib olmoqchi, deb Politico nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, ushbu zaxiraning bahosi 113 milliard yevroga baholanmoqda. Berlin Donald Tramp ma’muriyatining nomaqbul va o‘zgaruvchan siyosatidan so‘ng AQSHni endi ishonchli hamkor sifatida ko‘rmayapti.
Germaniya dunyodagi ikkinchi yirik oltin zaxirasiga ega davlat hisoblanadi. Bu zaxiraning 37 foizi — taxminan 1236 tonnasi Nyu Yorkdagi AQSH Federal zaxira tizimida saqlanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!