Jamiyat

O‘rmonlar va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash uchun $153 mln miqdorida moliyaviy yordam ajratiladi

Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida O‘zbekiston hukumati va Jahon banki hamkorligida “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasi boshlanganini e’lon qildi. Mazkur loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Jahon banki tomonidan ushbu loyiha uchun $153 mln miqdorida moliyaviy yordam ajratilishi belgilangan. Loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni qamrab olgan RESILAND CA+ dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi.