Jamiyat

Boʻstonliqda togʻda adashib qolganlar qutqarildi

Boʻstonliqda togʻda adashib qolganlar qutqarildi

FVV qutqaruvchilari tog‘da yo‘ldan adashib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi

Xabarda aytilishicha, kecha, 5-aprel kuni soat 18:15 da Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani hududidagi «Katta Chimyon» togʻiga sayr qilish maqsadida borgan 3 nafar fuqaro yo‘ldan adashib, togʻning yuqori qismidan pastga tusha olmayotganligi va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida fuqarolarning joylashgan joyi aniqlanib, tog‘ning dengiz sathidan tahminan 3100 metr balandligidan sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq, deyiladi xabarda.