Jahon

Shvetsiya yadroviy urushga hozirlik koʻrmoqda

Shvetsiya yadroviy urushga hozirlik koʻrmoqda

Rossiya va Ukraina ortasidagi urush fonida Shvesiya hukumati fuqarolarni himoya qilish uchun 100 million krona ajratib, mamlakatdagi keng qamrovli yadro bunkerlari tarmogini yangilash va mustahkamlash ishlarini boshladi.

Daily Mail’ning xabar berishicha, mamlakat 64,000 yadroviy boshpanani favqulodda vaziyatlar uchun shay holatga keltirmoqda va 5 million xonadonga ogohlantirishlar bergan. Ushbu boshpanalar portlash, radiasiya va kimyoviy qurollardan himoya qilish uchun moljallangan.

Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson bergan bayonotida: “Biz urush holatida emasmiz, ammo tinchligimizga tahdid ham yoq deyishdan yiroqmiz”, deya ta’kidlagan. Shu sababli, hukumat “umumiy mudofaa” strategiyasini kuchaytirdi. Loyihaning ikki-uch yil davom etishi rejalashtirilgan.