Jahon, Jamiyat

Xalqaro yordamlarning qisqarishi onalar o‘limining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin

Xalqaro yordamlarning qisqarishi onalar o‘limining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin

Xalqaro yordamlarning qisqarishi onalar o‘limining oshishiga sabab bo‘ladi — BMT

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ogohlantirishicha, xalqaro yordam mablag‘larining qisqarishi homiladorlik va tug‘ruq vaqtida ayollar o‘limini kamaytirish borasidagi yillik yutuqlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Unga ko‘ra, 2000-2023-yillar davomida dunyo bo‘yicha onalar o‘limi 40 foizga kamaygan. Bu natijaga sog‘liqni saqlash xizmatlarining yaxshilanishi sabab bo‘lgan. Biroq AQSh va boshqa donor mamlakatlar tomonidan yordam mablag‘lari qisqartirilayotgani sababli bu yutuqlar xavf ostida qolmoqda.