Jamiyat

Birinchi maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

Birinchi maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, energetika toʻlov tizimiga yengillik kiritildi. Yangilik 2025 yil 1 maydan boshlab amalga joriy etiladi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Hujjatga koʻra:

201 kVt⋅soatdan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan elektr energiyasi uchun narx 900 so‘m emas, 800 so‘m etib belgilanadi.

Bu o‘zgarish Vazirlar Mahkamasining 194-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

1 maygacha oylik 500 kVt⋅soat sarflagan xonadon 360 ming so‘m to‘lagan bo‘lsa, 1 maydan keyin ham shu miqdor saqlanadi — narx oshmaydi.