Jinoyat

DXX: Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo`yildi

DXX: Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo`yildi

DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo`yildi

Joriy yilning 1-7 aprel kunlari DXX, IIV, Bosh prokuratura va O`zenergoinspeksiya xodimlari hamkorligida respublikamiz bo`ylab o`tkazilgan reyd tadbirlarida jami 2776 ta holatlar aniqlanib, shundan elektr energiyasidan 1807 ta, tabiiy gazdan 969 ta holatda jami 19,5 mlrd so`mlik zarar etkazilganlik holatlari bo`yicha dalolatnomalar tuzildi.

Shuningdek, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd so`m davlat foydasiga undirildi.

Respublika bo`yicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu davrda 39 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi va 263 ta ma’muriy jazo choralari qo`llanildi.

Mazkur yo`nalishda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.