Turizm qo`mitasi tomonidan Pokiston Islom Respublikasining Lahor, Karachi va Islomobod shaharlarida mamlakatimizning turizm imkoniyatlari targ`ibotiga bag`ishlangan “Road show” tadbirlari tashkil etilmoqda.
“Road show” tadbirlari Pokiston poytaxti Islomobod shahrida ham o`tkazildi. Unda Turizm qo`mitasi raisi Umid Shadiev va Pokiston Turizmni rivojlantirish korporasiyasi direktori Aftab Ur Rehman Rana hamda O`zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Alisher To`xtaev qatnashdi.
Tadbir doirasida “O`zbekiston – Ipak yo`li durdonasi” taqdimoti namoyishi hamda ikki davlatning turistik operatorlari o`rtasida “B2B”, “G2B” va “G2G” uchrashuvlar tashkil etildi. Shu bilan birga, “Uzbekiston Airweys” milliy aviakompaniyasi taqdimoti ham o`tkazildi. Taqdimotlarda O`zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati, keyingi yillarda jadal rivojlanib borayotgan qishki va tog` turizmi, shuningdek mamlakatning o`ziga xos gastronomik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida O`zbekistonning san’at sohasi vakillari ishtirokida madaniy tadbir hamda yurtimizning gastronomik salohiyati namoyish etildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!