Sudyalar oliy maktabining arxiv mudiri lavozimida ishlab kelgan shaxs pul bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, A.S. ismli ushbu shaxs Sudyalar oliy maktabida 0.5 stavkada faoliyat yuritib kelgan. U muqaddam sudlangan shaxsga nisbatan qo‘llangan jazoning muayyan huquqdan mahrum qilish qismini tanishlari orqali bekor qildirib berish evaziga 5000 dollar olgan vaqtda ushlangan.
Kengash ayrim xabarlardagi qo‘lga olingan shaxs ushbu muassasa mansabdori va uning jinoiy xatti-harakatlari xizmat vazifasi bilan bog‘liq ekaniga oid ta’kidlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!