Sirdaryo viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ma’suliyati cheklangan jamiyat fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida Sirdaryo tumanida joylashgan “O.M.G.” ma’suliyati cheklangan jamiyatning elektr qurilmalari uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 460 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
“Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!