Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Saudiya Arabistonida davom etayotgan futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasining yarim finaldagi raqibi bo‘ldi.
Koreyslar chorak finalda Indoneziyani yirik 6:0 hisobida taslim etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi yarim final juftligida O‘zbekistonga guruh bosqichida imkoniyatni boy bergan mezbon Saudiya Arabistoni Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.
Yarim final o‘yinlari 17 aprel kunni bo‘lib o‘tadi. Saudiya Arabistoni – Janubiy Koreya bahsi Toshkent vaqti bilan 19:00 da, O‘zbekiston-Shimoliy Koreya uchrashuvi esa 22:15 da start oladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!