Iqtisod

2,1 mlrddan koʻproq sof foyda

2,1 mlrddan koʻproq sof foyda

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” 2024-yilda $2,1 mlrddan ko‘proq sof foyda oldi

Jahonda oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar TOP-4 ligiga kiruvchi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2024 yilni 2,1 mlrd dollarlik (27,7 trln so‘m) sof foyda bilan yakunladi. Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 659 mln dollarga ko‘proqdir.

Shuningdek, 2024 yil davomida “Navoiy KMK” $1,45 mlrd (18,8 trln so‘m) miqdorida daromad solig‘i to‘lagan. Jami soliq to‘lovlari taqriban $2,7 mlrdga (35,5 trln so‘m) teng bo‘lib, kombinat O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchi sifatida qayd etilgan.