Toshkentdagi “Risoviy” bozori sotuvga qo‘yildi
E-auksion platformasida poytaxtning Mirobod tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” dehqon bozori filialining, xalq tilida “Risoviy bozor” bino va inshootlari sotuvga qo‘yildi.
Farg‘ona yo‘li va Abdurauf Fitrat ko‘chalari kesishmasida joylashgan lotning boshlang‘ich narxi 15,94 milliard so‘mni (1,23 mln dollar) tashkil etadi. Xaridor obyekt negizida loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha master reja asosida “ekobozor”, savdo, ofis, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar markazlarni hamda avtoturargohni qurishi kerak. Binoning umumiy maydoni 0,26 gektarga teng.
Arizalar 28-aprel kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi va natijalar o‘sha kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!