Rim papasi Fransisk 21-aprel kuni 88 yoshida vafot etdi, deb Vatikan bayonotiga tayanib Reuters xabar berdi.
Papa 88 yoshda edi. Fevral oyi o‘rtalarida u bronxitni davolash uchun Rimning “Jemelli” klinikasiga yotqizilgan, so‘ngra tekshiruvlar ikki tomonlama pnevmoniya boshlanganini ko‘rsatgan. Papa kasalxonada besh hafta yotgan, to‘rt marta nafas olish inqirozini boshdan kechirgan, uning hayoti ikki marta xavf ostida qoldi, deyiladi bayonotda.
23-mart kuni pontifikni kasalxonadan chiqarishgan edi. Shundan so‘ng u faqat bir marta omma oldida paydo bo‘lgan, ammo bir nechta qabullar o‘tkazgan. Xususan, aprel oyi boshida u Britaniya qiroli Charlz III ni, Pasxa shanbasida esa AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensni qabul qilgandi.
Fransisk 2013-yil mart oyida Rim papasi etib saylangan, u tarixda birinchi Yangi dunyo papasi (Argentinada tug‘ilgan) va 1200 yildan ortiq vaqt ichida Yevropadan bo‘lmagan birinchi papa bo‘ldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!