Iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va G`uzor tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “П.Г.” MChJ hamda “M.R.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do`konlarida tegishli hujjatlari bo`lmagan turli nomdagi qalbaki aksiz markali jami 1 941 dona iste’molga yaroqsiz alkogol va 417 quti tamaki mahsulotlari sotuvga qo`yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!