Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun 4,9 mln yevro ajratadi
O‘zbekistonda davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish, ularni yanada samarali va shaffof qilishga qaratilgan yangi loyiha ishga tushirildi.
Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligidagi ushbu loyiha, ayniqsa, chekka hududlardagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirishni ko‘zda tutadi.
2029-yilgacha ming nafar xodim maxsus o‘qitiladi, 35 dan ortiq xizmat raqamlashtiriladi hamda 34 ta yangi xizmat burchaklari tashkil etiladi. Bu tashabbus «Yangi O‘zbekiston» taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib, davlat boshqaruvini fuqaroga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!