Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko`ra, 1 maydan boshlab O`zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi.
Agar haydovchi bir yil ichida 12 ball to`plasa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Barcha jarima ballari “Е-жаримабалл” elektron tizimi orqali avtomatik hisoblanadi.
Haydovchi 6 oy mobaynida qoidabuzarlik qilmasa, uning 2 balli bekor qilinadi. Agar 8 ball to`plasa, СМС orqali ogohlantiriladi. Haydovchi jarima ballari natijasidan norozi bo`lsa, sud orqali shikoyat qilish huquqiga ega.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!