Samarqandda voyaga yetmagan o‘g‘il bolani bir qizning oyog‘iga bosh urgan holda uzr so‘rashga majbur qilgan direktor o‘rinbosari, sinf rahbari va maktab psixologi intizomiy jazo bilan qutilib qolgani aytilmoqda.
Samarqandda direktor o‘rinbosari boshchiligidagi xodimlar o‘quvchini tiz cho‘ktirdi
Hodisa Paxtachi tumanidagi 21-sonli maktab o‘quvchisining shu maktabning boshqa bir o‘quvchisini haqoratlagani ortidan yuzaga kelgan.
Aniqlanishicha, kechirim so‘ragan o‘quvchi Samarqand shahridagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Holat yuzasidan maktab direktorining tegishli buyrug‘i bilan voqea ishtirokchilari – direktor o‘rinbosari, sinf rahbari va maktab psixologiga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!