Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarda 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalarining 1-bosqich talabalari uchun darslar 3-sentyabrdan boshlanadi. 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari esa 8-sentyabrdan o‘qishga kirishadi.
Birinchi bosqich talabalari uchun o‘quv yilining ilk haftasida “Kredit ta’limi tizimiga kirish” hamda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur haftalik doirasida talabalarga oliy ta’lim muassasasi faoliyati, kredit-modul tizimining mazmuni va afzalliklari tushuntiriladi, tanlov fanlarni maqsadli tanlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Shuningdek, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari hamda kasbiy va shaxsiy rivojlanishga oid targ‘ibot ishlari olib boriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!