Jamiyat, Jinoyat

Xorazmda fermer xo‘jaligi elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Xorazmda fermer xo‘jaligi elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

«O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati xabariga ko‘ra, Xorazm viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbiri chog‘ida Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan «D.R.» fermer xo‘jaligi tomonidan qonunbuzarlik sodir etilgani fosh etildi.

Tekshiruv davomida xo‘jalikka qarashli suv nasosi elektr hisoblagichining ulanish sxemasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilgani va buning natijasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 3 milliard 256 million so‘m zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.