Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hokimi Sherxon Allamurodov intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning 23 avgustdagi farmoyishiga ko‘ra, Allamurodov 2025-yilning 1-yarim yilligida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish va eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan.
Shu sababli unga Mehnat kodeksining 312-moddasi 1-qismi 2-bandi asosida o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.
Sherxon Allamurodov joriy yil 27-yanvarda Anvar Oripov o‘rniga Qiziriq tumani hokimi etib tayinlangan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!