Madaniyat

Xorijiy OAV vakillari Jizzax viloyatining turizm salohiyati bilan tanishdi

Xorijiy OAV vakillari Jizzax viloyatining turizm salohiyati bilan tanishdi

Turizm qo‘mitasi hamda Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson hamkorligida yetakchi xorijiy OAV vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Hindiston, Pokiston va Buyuk Britaniyadan kelgan “The Week Lonely Planet”, “Outlook Traveller Lonely Planet”, “Dawn Gulf New”, “The Independent”, “The New Indian Express” va “Deccan Herald” nashrlari jurnalistlari Jizzax viloyatining Zomin, G‘allaorol va Forish tumanlari hamda Jizzax shahrida bo‘lib, hududlarning turizm salohiyati, tabiiy go‘zalliklari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar viloyatdagi zamonaviy turizm infratuzilmasi, yangi mehmonxonalar, yo‘l-transport tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yutuqlar, shuningdek, boy madaniy meros hamda mahalliy aholi mehmondo‘stligiga yuqori baho berdilar.

Ushbu tashrif O‘zbekiston, xususan Jizzax viloyatining xalqaro miqyosdagi ijobiy imidjini mustahkamlash va turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.