2025-yil 1-oktyabrdan boshlab, mahallalarda futbol maydonlarini qurish bo‘yicha yangi dastur ishga tushadi.
Dastur tafsilotlari:
– Mahallalardagi bo‘sh turgan davlat yer uchastkalari elektron auksion savdolariga chiqariladi.
– Savdo sharti: yer uchastkasining bir qismida futbol maydoni qurilishi va kamida 10 yil davomida uning maqsadi o‘zgartirilmasligi.
– Auksionda g‘olib bo‘lgan shaxslar xarid qilingan yer uchastkasining qolgan qismini qonunchilikka muvofiq tasarruf etish va foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!