O‘zbekistonda davlat mulki hisoblangan futbol stadionlari va maydonlarini sotish hamda ularning foydalanish maqsadini o‘zgartirish taqiqlanadi.
Qarorga ko‘ra:
Kadastr agentligi axborot tizimlariga tegishli o‘zgarishlar kiritiladi, ya’ni davlat mulkidagi stadion va maydonlardan boshqa maqsadda foydalanish va ularni sotish mumkin emas.
2025-yil oxirigacha barcha davlat mulkidagi futbol stadionlari va maydonlari xatlovdan o‘tkaziladi.
Xatlov natijalari 2026-yil iyuliga qadar “Milliy futbol elektron platformasi”ga kiritilishi lozim.
Egasi noma’lum stadion va futbol maydonlari ham xatlovdan o‘tkazilib, ularga oid huquqlar davlat ro‘yxatida belgilangan tartibda qayd etiladi.
“Paxtakor” mojarosi
2024-yilda Davaktiv agentligi “Paxtakor” futbol klubini stadion bilan birga sotuvga qo‘ygan edi. Bu holat jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lganidan so‘ng stadion savdosi bekor qilingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!