Jinoyat

Toshkentdagi klinikada bola o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentdagi klinikada bola o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

25-avgust kuni Toshkent shahridagi Paeonnis klinikasida 9 yoshli bola burun sohasida o‘tkazilgan rinoplastika jarrohligi vaqtida vafot etdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (“Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Holatga aloqador shaxslarni so‘roq qilish, yuzlashtirish, murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy xulosa chiqarish imkoni yo‘q. Zarur protsessual jarayonlardan so‘ng ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi,” — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Toshkent shahri prokuraturasi avvalroq hodisa yuz berganini tasdiqlab, tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qilgan edi.