Jahon

AQSHda «Vatandoshlar mintaqaviy forumi» bo‘lib o‘tdi

AQSHda «Vatandoshlar mintaqaviy forumi» bo‘lib o‘tdi

Nyu-York shtatida o‘tkazilgan forumda AQSH va Kanadada yashovchi 300 ga yaqin o‘zbekistonlik ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda «Vatandoshlar» jamoat fondi tomonidan tashkil etildi.

Forumda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning islohotlardagi faolligini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

“Uz Global Think”, “Who Is Who” loyihalari hamda Sirakuz universiteti bilan hamkorlik rejalari taqdim etildi.

Ta’lim, raqamli texnologiyalar, madaniyat va tadbirkorlik bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkazildi.