Jamiyat

Jizzaxda firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi

Jizzaxda firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi

Jizzax shahrida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida firibgarlik holati fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi shahar bo‘limi nazoratchisi ta’lim va maishiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan ikki korxona faoliyatida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi va jarimalarni tanishlari orqali kamaytirib berishni va’da qilib, evaziga 500 AQSH dollari olgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida u mazkur ishni soliq tizimida joriy yil iyun oyiga qadar inspektor lavozimida ishlagan tanishi orqali hal qilishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu shaxs ham protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.