Xitoyning Pop Mart kompaniyasi asoschisi, kolleksion figuralar — Labubu yaratuvchisi Van Ning Bloomberg Billionaires Index reytingida dunyoning eng boy 100 kishisi safidan joy oldi. U 85-o‘rinni egalladi.
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, 38 yoshli tadbirkorning mol-mulki 26,6 mlrd dollarga yetgan. U bir yil ichida boyligini qariyb 20 mlrd dollarga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Van Ningning asosiy daromad manbai Pop Mart kompaniyasi aksiyalari hisoblanadi. Mazkur kompaniya Xitoyda “blind box” segmentining eng yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, unda xaridor qaysi Labubu figurasini olishini oldindan bilmaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!