Jahon, Madaniyat

Xitoylik blogerlar O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilmoqda

Xitoylik blogerlar O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilmoqda

Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda millionlab obunachilarga ega bo‘lgan xitoylik blogerlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab press-tur tashkil etildi.

Tadbirning maqsadi mamlakat turistik imkoniyatlarini Xitoy auditoriyasiga keng tanishtirish va ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini rivojlantirishdir.

Mehmonlar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi diqqatga sazovor joylar, tarixiy obidalar, milliy madaniyat va zamonaviy infratuzilma bilan tanishdilar.

Xususan, ular Chorsu bozori, Mustaqillik maydoni, Registon, Shohi Zinda, Ark qal’asi, Somoniylar maqbarasi kabi yirik maskanlarni ziyorat qildilar.

Blogerlar o‘z taassurotlarini foto va videomateriallar orqali millionlab kuzatuvchilarga ega ijtimoiy tarmoq sahifalarida yoritib, O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligini targ‘ib qilmoqda.