O‘zbekistonda yil boshidan buyon 5 million aholining bandligi ta’minlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ma’lum qildi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, respublika bo‘ylab minglab zamonaviy korxonalar va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar barpo etilmoqda.
Joriy yilda jami 35 milliard dollarlik investitsiyalar hisobiga 9 mingga yaqin yangi korxona va xizmat ko‘rsatish majmualari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mustaqillik bayrami arafasida 4 milliard dollarlik 79 ta yirik obyekt ishga tushirildi.
Shuningdek, kichik va o‘rta tadbirkorlik sezilarli rivojlanib, bu sohada mehnat qilayotganlar soni 10 milliondan oshdi. Yil boshida 5,5 million kishining bandligini ta’minlash belgilangan bo‘lsa, sakkiz oyda bu ko‘rsatkich 5 millionga yetdi.
Mehnat migratsiyasi doirasida esa 2025-yilning o‘zida 700 ming fuqaro chetdan qaytib, mamlakat ichida ishga joylashtirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!