Prezident Shavkat Mirziyoyev “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, 2026-yildan boshlab “Deputatlar tashabbusi” mexanizmi joriy qilinadi. Unga ko‘ra, har bir deputat yil davomida ikki mavsum uchun saylov okrugidagi g‘olib bo‘lmagan loyihalardan bittadan tanlab, respublika byudjeti hisobidan moliyalashtira oladi.
Tanlangan loyihalar “Ochiq byudjet” portalida avtomatik tarzda g‘olib sifatida belgilab, ular bo‘yicha ochiq ro‘yxat yuritiladi. Moliyalashtirish uchun har bir deputatga yiliga 8 ming BHM (hozirgi hisobda 3,3 milliard so‘m) mablag‘ ajratiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!