2025-yil 1-sentyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida bir qator muhim yangiliklar joriy etiladi:
Maktab va bog‘cha direktorlarining maoshi oshadi
– direktor lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
– direktor o‘rinbosarining stavkasi 15 foizga ko‘tariladi.
“Radar” belgisi majburiy o‘rnatiladi
Statsionar va mobil radarlar o‘rnatilgan joylarda kamida 250 m, ko‘pi bilan 500 m oldin maxsus belgi qo‘yilishi shart bo‘ladi.
PPX yuridik shaxslarga pulli xizmat ko‘rsatadi
Savdo markazlari, to‘yxonalar va boshqa yirik obyektlar xavfsizlik uchun patrul-post xizmatini shartnoma asosida jalb qilishi mumkin.
Huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
Qimmatbaho metallar va toshlarga oid qonunbuzarliklarni “Soliq” ilovasi orqali xabar qilganlarga jarima summasining 50 foizi mukofot sifatida beriladi.
Qurilish obyektlariga QR-kodli pasport joriy etiladi
Har bir qurilish obyekti haqida ma’lumotni QR-kod orqali olish mumkin bo‘ladi.
Farmatsevtika faoliyati uchun yangi shartlar
ko‘chmas mulk bo‘yicha ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi soliqda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
xaridorlardan elektron to‘lovlarni qabul qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi kerak.
Kambag‘al oila farzandlari uchun imtiyoz
Uzaytirilgan kun guruhlaridagi bolalar umumiy sonining 15 foizi kambag‘al oilalar farzandlari uchun kvotaga ajratiladi va ular ota-ona to‘lovidan ozod qilinadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!