Jahon, Madaniyat

O‘zbekiston turizmi Xitoy ko‘chalarida targ‘ib qilinmoqda

O‘zbekiston turizmi Xitoy ko‘chalarida targ‘ib qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Turizm qo‘mitasi mamlakatning sayyohlik imidjini oshirishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirdi.

Pekin va Tyanjinning markaziy ko‘chalaridagi eng yirik LED ekranlarda O‘zbekistonning betakror sayyohlik yo‘nalishlari va boy madaniy merosi aks etgan 15 soniyalik rang-barang videoroliklar muntazam namoyish etilmoqda.

Pekinda reklama mashhur Taqiqlangan shahardan atigi bir kilometr narida joylashgan biznes markazi peshtoqida ko‘rsatilmoqda. Videorolik har kuni soat 08:00 dan 21:00 gacha, har 3–4 daqiqada bir marta namoyish qilinadi.

Tyanjinda esa Dayuechen savdo majmuasi peshtoqiga o‘rnatilgan ekranda O‘zbekiston haqidagi roliklar har kuni soat 08:00 dan 22:00 gacha, har 4 daqiqada efirga uzatilmoqda.

Mazkur tashabbus Xitoy aholisi va sayyohlariga O‘zbekistonning boy tarixiy merosi hamda turizm salohiyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.