Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar xavfi yuqori hududlarda dronlar yordamida nazorat va profilaktika ishlarini olib bormoqda.
Ma’lum qilinishicha, tashabbus Shavkat Mirziyoyevning 2024-yilda Buxoroga tashrifi chog‘ida bergan topshirig‘i asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Dastlab Buxoro viloyatida tatbiq etilgan tizim hozirda 5 ta viloyatdagi 84 bo‘linmada joriy qilingan. Rejaga ko‘ra, 2026-yil oxirigacha barcha tuman va shahar ichki ishlar bo‘linmalari dronlar bilan to‘liq ta’minlanadi.
Dronlar mayda bezoriliklarni aniqlash, ekologik qonunbuzarliklarni nazorat qilish, giyohvandlik vositalariga oid holatlarni kuzatish hamda xavfli hududlardagi huquqbuzarliklarning oldini olishda qo‘llanmoqda.
Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, dronlarni boshqarish uchun maxsus kadrlar tayyorlanmoqda. Buxoro va Farg‘onada inspektorlar sertifikat olganidan so‘ng ularni boshqarish huquqiga ega bo‘lmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi usul huquqbuzarliklarning oldini olishda samaradorlikni sezilarli darajada oshirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!