Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar hokimi va MChJ rahbari qurilish uchun yer ajratish evaziga 60 ming dollar talab qilganlikda ushlandi. Pul mablag‘i hokimning devonxona mudiri orqali olinayotganida noqonuniy harakatlarga chek qo‘yildi.
Hokim daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga, devonxona mudiriga hamda MChJ rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksi moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Hokim “qamoq” ehtiyot chorasi bilan hibsga olingan.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi davlat zaxirasidagi 8 sotix yerni rasmiylashtirib berish uchun 40 ming dollar talab qilgan. U 20 ming dollar olayotganida qo‘lga olinib, unga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoqqa olingan.
Har ikkala holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!