AOKA tugatilgach, uning asosida tashkil etilgan Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markaziga rahbar va oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
🔹 Prezident Administratsiyasi farmoyishiga koʻra, Qobuljon Xoliqovich Ahmedov markaz direktori lavozimiga tayinlandi. U bungacha “MY5” telekanalining bosh direktori, shuningdek, MTRK “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
🔹 Husan Ravshanovich Salixov markaz direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. U taniqli rejissyor boʻlib, tayinlovga qadar Prezident matbuot xizmatining Media markaziga rahbarlik qilgan.
🔹 Jahongir Muhammadali oʻgʻli Abdurahmonov markaz direktori oʻrinbosari lavozimini egalladi. U bungacha Prezident matbuot xizmatida bosh konsultant, undan avval “UZREPORT” telekanalida shef-muharrir boʻlgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!