2-sentyabrdan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJ Ai-80 rusumidagi avtobenzinni birja savdolari orqali sotishni to‘xtatdi.
Mazkur qaror Prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yiliga oid farmoni ijrosi doirasida qabul qilindi. Maqsad — bosqichma-bosqich yuqori oktanli, ya’ni Ai-92 rusumidagi benzin ishlab chiqarishga o‘tishdir.
Endilikda birja savdolarida faqat Ai-92 benzin sotuvga chiqariladi. Uning hajmi 1000 tonnadan 1720 tonnaga oshirilgan bo‘lib, ichki bozor talabiga qarab yanada ko‘paytirilishi mumkin.
Shu bilan birga, avgust oyida tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan Ai-80 benzini sentyabrda ham mavjud zaxiralar hisobidan yetkazib beriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!