Jamiyat

Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakati o’zgartirildi

Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakati o’zgartirildi

2025-yil 1-sentabrdan 15-, 28- va 61-sonli avtobus yo‘nalishlarida o‘zgarishlar kiritildi:

15-yo‘nalish –Qo‘yliq 1-mavzesidan Do‘stlik metrosi tomon harakatlanishda endilikda Qo‘yliq ko‘prik osti yo‘lidan ko‘prik yo‘liga qo‘shimcha yo‘l bo‘lagi orqali (Vodiy avtoturargohigacha bormagan holda) harakatlanadi.

28-yo‘nalish –Tibbiyot akademiyasidan Yangiobod mavzesi tomon harakatlanishda Shoximardon, Ohangaron yo‘li, Shoxsanam va Katta Yangiobod ko‘chalari orqali harakatlanadi. Yo‘nalish Katta Yangiobod ko‘chasida bir tomonlama harakatlanadi.

61-yo‘nalish – Endilikda ikki tomonlama Izzat ko‘chasi orqali (Beshariq, Aviasozlar va Hosiyat ko‘chalariga kirmagan holda) harakatlanadi.