Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrifini yakunladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrifini yakunladi

31-avgust – 3-sentabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrif bilan bordi.

Tashrif doirasida davlat rahbari 31-avgust kuni Tyanjin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasidagi norasmiy tadbirlarda qatnashdi.

1-sentabr kuni ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi hamda “ShHT+” formatidagi uchrashuvda ishtirok etib, tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surdi.

2-sentabr kuni Pekinda Xitoy Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi va o‘nlab hujjatlar imzolandi. Shu kuni Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashib, ikki tomonlama masalalarni muhokama qildi.

3-sentabr kuni Prezident Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi yakunining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy paradga tashrif buyurdi.

Rasmiy uchrashuvlar yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi. Uni Xitoy rasmiylari kuzatib qo‘ydi.