AQSh federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining Harvard universitetiga ajratilgan 2,2 milliard dollarlik grantlarni bekor qilish qarorini noqonuniy deb topdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Sudya Allison Burroughs qarorida ma’muriyat universitetga bosim o‘tkazib, uni so‘z erkinligi huquqlaridan mahrum etishga uringanini ta’kidladi. Qarorga ko‘ra, endilikda Harvardga ajratilgan federal mablag‘larni muzlatib qo‘yish yoki to‘xtatish mumkin emas.
Harvard prezidenti Alan Garber bu qarorni oliygohning akademik erkinligi va ilmiy tadqiqotlarini himoya qiluvchi muhim g‘alaba sifatida baholadi.
Oq uy esa sud qaroridan norozi ekanini bildirdi va apellyatsiya berishini ma’lum qildi.
Mutaxassislar bu qaror oliygohlar va ilmiy tadqiqotlar uchun federal mablag‘larning huquqiy jihatdan himoyalanganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!