Sport

2026-yilgi Jahon Chempionati chiptalari 60 dollardan boshlanadi

2026-yilgi Jahon Chempionati chiptalari 60 dollardan boshlanadi

FIFA rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati chiptalari 10–19-sentyabr kunlari sotuvga chiqariladi. Musobaqada ilk bor “dinamik narx belgilash” tizimi joriy etiladi.

Narxlar:

Guruh bosqichi uchrashuvlariga chiptalar — 60 dollardan boshlanadi.

Final bosqichigacha bo‘lgan uchrashuvlarda narx bosqichma-bosqich oshib boradi.

Final uchun eng yuqori chipta narxi — 6730 dollar.

Dinamik tizim nimani anglatadi?

Chiptalar qiymati bozor talabiga qarab belgilanadi. Talab ortgani sayin chipta narxlari ham yuqorilashi mumkin.

Visa kartasi egalari uchun esa guruh bosqichi chiptalari maxsus lotereya orqali taqdim etiladi.