Jahon, Madaniyat

CITES’ning 50 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

CITES’ning 50 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi
xr:d:DAFRodDikV8:4,j:40637061985,t:22111109

Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES) 50 yilligiga bag‘ishlab xalqaro fotosuratlar tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda 18 yoshdan katta bo‘lgan professional va havaskor fotograflar ishtirok etishi mumkin. Fotosuratlar quyidagi toifalarda qabul qilinadi:

Turlar diqqat markazida — CITES ro‘yxatidagi turlar go‘zalligi va qadriyatlari;

Tabiatni asrash yo‘lida hamkorlik — davlatlar, hamjamiyatlar va tashkilotlar hamkorligidagi yutuqlar;

CITES va insonlar — inspektorlar, bojxona xodimlari va mahalliy hamjamiyatlar hikoyalari;

Yoshlar nigohi (18–35 yosh) — yovvoyi tabiatni asrash bo‘yicha ilhomlantiruvchi qarashlar.

G‘olib va finalchilar 2025-yil 24-noyabr – 5-dekabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan CITES’ning 20-Assambleyasi (CoP20)da e’lon qilinadi.

Fotosuratlar 2025-yil 21-sentabrgacha CITES50 Photo Contest onlayn shakli orqali qabul qilinadi. Tanlov qoidalari ingliz, fransuz va ispan tillarida taqdim etilgan.