Jinoyat

Qirg‘izistondan narkotik olib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Qirg‘izistondan narkotik olib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Oplus_16777216

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 1984–1991-yillarda tug‘ilgan 6 nafar fuqaro Qirg‘izistondan giyohvandlik vositasi olib kelib, sotishni rejalashtirganda qo‘lga olindi.

Ular qirg‘izistonlik narkosavdogardan 2 kilogramm “gashish” moddasini 15 ming AQSH dollariga sotib olishga kelishib, boshlang‘ich to‘lov sifatida 1950 dollar yetkazib berishgan. Giyohvandlik vositasi davlat chegarasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilib, Xonobod shahridagi xufiya joyda qoldirilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati tezkor tadbiri davomida narkotikni avtomashinasida olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi. Keyinchalik guruhning qolgan 5 nafar a’zosi ham ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, gashishning sof og‘irligi 1 kilogramm 954 grammni tashkil qilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.