RadioFreeEurope ma’lum qilishicha, Vengriya va Slovakiya Yevroittifoqdan rossiyalik olti biznesmenga qo‘yilgan shaxsiy sanksiyalarni bekor qilishni talab qilmoqda. Taklif boshqa sanksiyalarni uzaytirish evaziga ilgari surilgan.
Vengriya Dmitriy Mazepin, Pyotr Aven, Musa Bajayev va Albert Avdolyanni “qora ro‘yxat”dan chiqarishni istasa, Slovakiya Alisher Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan cheklovlarni bekor qilishni taklif qilgan.
Muzokaralar YEI elchilari o‘rtasida davom etadi. Yevroittifoq sanksiyalari har olti oyda barcha a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlanishi lozim.
Yevropa sudi yaqinda Usmonovning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi shikoyatini rad etdi. Shu bilan birga, Aven va Fridman avvalgi cheklovlarni bekor qildirishga muvaffaq bo‘lgan, biroq yangi qarorlar ular uchun hamon kuchda qolmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!