Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda ayblanib, sud tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, jinoyat 2024-yil o‘rtalarida sodir bo‘lgan.
Sud materiallariga ko‘ra, ayblanuvchi qurilish ishlari uchun Qozog‘istonga borgan va Keles tumanida qo‘shni uyda yashovchi, 2011-yilda tug‘ilgan qizchani bir necha bor zo‘rlagan.
Sud jarayonida erkak aybini inkor qilgan, biroq prokuror umrbod jazo tayinlashni so‘ragan va sud bu talabni qondirgan.
Turkiston viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha maxsus tumanlararo sudi unga Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 120-moddasi 4-qismi (“Takroran sodir etilgan zo‘rlash”) bo‘yicha hukm chiqardi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!