Al Jazeera nashri The Lancet Global Health jurnalida e’lon qilinadigan tadqiqotga tayanib, AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan bir tomonlama sanksiyalar 1970–2021-yillar davomida 38 million kishining o‘limiga sabab bo‘lganini yozdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili o‘rtacha yarim milliondan ortiq odam oziq-ovqat, dori-darmon va toza suv yetishmovchiligi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 800 ming nafardan oshgan.
Tadqiqotchilar sanksiyalarni tinch siyosiy vosita sifatida emas, balki global fuqarolarga qarshi qo‘llanilayotgan iqtisodiy qurol sifatida baholashmoqda.
Shuningdek, sanksiyalar oqibatida vafot etayotganlar soni ayrim yillarda jangovar harakatlarda halok bo‘lganlardan bir necha barobar ko‘pligi qayd etilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!